Muz4.netПоиск песни на muz4.net

Шохруххон - Yurak

Скачать mp3
  • Вес файла: 8.99 Mb
  • Длина дорожки: 03:53
  • Битрейт: 320 kbs
Текст песни

Qo`limda qolib ketdi

Senga olgan atirgul.

Gul deya atolmayman –

So`lib bo`ldi u butkul.

Gul mayli so`lib ketar,

Bir kun to`kilib ketar.

Lekin bechora yurak,

Unga sen eding kerak.

Sen ketganingdan keyin

Ketdi ko`zimdan uyqu.

Ne bo`lganida ham

Seni sevar edim-ku.

Mayli bedorlik o`tar,

Sevish ham nasib etar.

Lekin bechora yurak,

Unga sen eding kerak.

Kerak, kerak, kerak,

Yurak sensiz chidolmasa kerak.

Yurak, yurak,

O`rnida tinch turolmasa kerak.

Ko`nglim sezar,

Unga u dosh berolmasa, kerak.

Unga sen eding kerak. (x2)

Yolg`izlikda kelmaydi

Ko`zlarimga halovat.

Nigohing edi axir

Yuragimga harorat.

Balki vaqt davo bo`lar,

Hammasi o`tib ketar.

Lekin bechora yurak,

Unga sen eding kerak.

Ne deyin yuragimga,

Aytgin, u nima qilsa?

Sensiz u qandayin sevib,

Qandayin kuylasin?

Jarohati-ku bitar,

Endi u kimni kutar?

Sho`rlik bechora yurak,

Endi u kimga kerak?

Kerak, kerak, kerak,

Yurak sensiz chidolmasa kerak.

Yurak, yurak,

O`rnida tinch turolmasa kerak.

Ko`nglim sezar,

Unga u dosh berolmasa, kerak.

Unga sen eding kerak. (x2)

 

Сборник похожих песен