Muz4.netПоиск песни на muz4.net

Шохрух - Kim

Скачать mp3
  • Исполнитель: Шохрух
  • Вес файла: 9.33 Mb
  • Длина дорожки: 04:04
  • Битрейт: 320 kbs
Текст песни

Bir paytda qanaqadir narsa,

Miyaga taq etib uradi to`satdan.

Naqd bo`lgan aql endi kalaka tomoni

Yechimiga kim uchundir malaka, palakat,

Tavakkal qilib yuraman endi iloji yo`q,

Yaqinimdagi gapning hozirda kuchi yo`q.

Naqd qil, o`, ayama, beraqol degan maqol,

Yon daftaringga bu gaplarim tezroq yozaqol.

Amrimahol bo`lishi asli amrimahol,

Aslida bu holat qaytariladimi takror?

Sevgi izhor bugungi kunda bir safsata,

Laylining to`yida majnunlar hozir azada.

O`rmondagi maymunlarga o`xshaydi oshiqlar,

Ularga qiziq emas sevgidagi to`siqlar.

Aytkin ou, nimaga sening tunlaring tanho,

Soqiyga bo`lgan mehr senga qaytmaydi nahot?

Nahot fisq-u fasod va kayf-u safo,

Nahot qiyin, senga shu narsa bo`lsa davo?

O`ylanib ko`r, mana yana bitta bir savol:

Qachon va qayerda kimga bo`lgan oson?

Ha tillo hayot davomida kerak, biroq

Unutma, avvalo qilmagin hayotda xato.

Tepada aytilgan edi bu holat – palakat,

Tavakkal qildim aytishga senga kerakli harakat.

Kim menga baxt deydi, kim?

Kim boylik va hurmat izlaydi.

Kim esa yor deydi, kim?

Kimlar yolg`iz qolishni istaydi. (x2)

Yordam so`raganimda to`ymas chiyabo`rilardan,

Javobim yo`q savoliga, ularning ham dardi pul-da.

Yaxshilab oynaga qara, sotilib bo`lding katta pulga,

Oqibati nima, o`yla, javob ber qilmishingga.

Me’ros qoldiradi keksa, talashadi uni aka-uka,

Mol, uy etagidagi joy, qon to`kib san bo`lding boy.

Qadam bosding hayotga – xush kelibsan o`yinga,

Mahallaga qarshi mahalla, qarshi chiqma qonunga!

Xafa bo`lma hayotdan, dunyoni yaratganidan,

Qoldirmas seni u jazosiz, chunki bu gunohga qo`l urgansan.

Manaman deganlari tursa, mana man tez tiz cho`ksam,

Iltimos, kechiring mani ona, har bir qadamimni bu zamonda.

Kim menga baxt deydi, kim?

Kim boylik va hurmat izlaydi.

Kim esa yor deydi, kim?

Kimlar yolg`iz qolishni istaydi. (x3)

Kim menga baxt deydi, kim?

Kim boylik va hurmat izlaydi.

Kim esa yor deydi, kim…

Сборник похожих песен